Maqola yuborish
Maqola yuborish uchun tizimga kiring yoki roʻyxatdan oʻting.
Maqolani yuborishga tayyorlash: nazorat roʻyxati
Maqola yuborishda mualliflar uning quyidagi barcha talablarga muvofiqligini tasdiqlashi shart. Talablarga javob bermaydigan maqolalar mualliflarga qaytarilishi mumkin.- Maqola ilgari chop etilmagan va boshqa nashrga koʻrib chiqish uchun topshirilmagan (yoki muharrirga izohda tushuntirish berilgan).
- Fayl Microsoft Word (.docx) yoki LaTeX (.tex + PDF) formatida.
- Matnda havolalar boʻlgan joylarda ularning manzillari koʻrsatilgan.
- Maqola «Mualliflarga» sahifasidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan: JEL va UOʻK kodlari, sarlavha, annotatsiya va kalit soʻzlar uch tilda, IMRAD tuzilishi, raqamlangan adabiyotlar roʻyxati.
- Empirik maqola uchun maʼlumotlar va kod mavjudligi toʻgʻrisida bayonot (Data & Code Availability) kiritilgan.
- Maqola tahririyatning nashr etikasi va plagiatga qarshi siyosatiga mos keladi.
Mualliflik huquqi toʻgʻrisida bildirishnoma
Mualliflik huquqi mualliflarda qoladi; jurnalga birinchi nashr etish huquqi beriladi. Maqolalar Creative Commons Attribution 4.0 (CC BY 4.0) litsenziyasi ostida tarqatiladi. Materiallar koʻchirib bosilayotganda IQTIDATA ilmiy jurnalidan olinganligi koʻrsatilishi shart.
Maxfiylik siyosati
Ushbu saytga kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat jurnalning eʼlon qilingan maqsadlari uchun ishlatiladi va boshqa maqsadlar uchun yoki uchinchi shaxslarga berilmaydi.