Birinchi son uchun maqolalar qabul qilinmoqda

2026-09-15

Tahririyat jurnalning birinchi soni uchun ekonometrika, mashinali oʻrganish, katta maʼlumotlar, raqamli iqtisodiyot, fintech va maʼlumotlarga asoslangan iqtisodiy siyosat yoʻnalishlaridagi maqolalarni qabul qilmoqda. Qoʻlyozma «Mualliflarga» sahifasidagi talablarga muvofiq — IMRAD tuzilishida, JEL va UOʻK kodlari, sarlavha, annotatsiya va kalit soʻzlar uch tilda — rasmiylashtiriladi.

Empirik maqolalar maʼlumotlar va kod bilan birga (GitHub, Zenodo yoki OSF havolasi) yuborilishi ragʻbatlantiriladi. Har bir qoʻlyozma oʻzlashtirishga tekshiriladi va ikki tomonlama yopiq taqrizdan oʻtadi. Aloqa: kungratovilmurod08@gmail.com.