Jurnal pasporti

Ushbu pasport jurnalning rasmiy tavsifini ochiq koʻrinishda jamlaydi. Maʼlumotlar 2026-yil 24-noyabr holatiga koʻra keltirilgan.

Toʻliq nomiIQTIDATA — iqtisodiyot va maʼlumotlar ilmi
Qisqa nomiIQTIDATA
YoʻnalishIqtisodiyot va maʼlumotlar ilmi kesishmasi
Taʼsis yili2026
NashrchiIQTIDATA tahririyati
Bosh muharrirIlmurod Kungratov
DavriylikYiliga 4 son (elektron)
TillarOʻzbek, rus, ingliz
FormatPDF, HTML
Ochiq kirishHa, CC BY 4.0
ISSNHali berilmagan
DOIZenodo (DataCite) orqali har bir maqolaga
OAK roʻyxatiKiritilmagan
TaqrizIkki tomonlama yopiq
Plagiat nazoratiHar bir qoʻlyozma uchun
ArxivZenodo (CERN)
IndekslashGoogle Scholar metamaʼlumotlari, OpenAIRE, OAI-PMH
Toʻlov2026-yilda bepul

Qisqa tavsif

IQTIDATA iqtisodiyot va maʼlumotlar ilmi kesishuvidagi original tadqiqotlarni chop etuvchi taqrizlanadigan, ochiq kirishli ilmiy elektron jurnaldir. Jurnal ekonometrika va statistik modellashtirish, iqtisodiyotda mashinali oʻrganish va sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, raqamli iqtisodiyot, fintech, makro- va mikroiqtisodiy tahlil hamda maʼlumotlarga asoslangan iqtisodiy siyosat yoʻnalishlaridagi ishlarni qabul qiladi.

OAK talablariga muvofiqlik

Jurnal quyidagi tashkiliy va etik talablarni taʼminlaydi: mustaqil veb-sayt va elektron nashr, ikki tomonlama yopiq taqriz, COPE tamoyillariga asoslangan nashr etikasi, plagiatga qarshi tekshiruv, har bir maqolaga DOI, ochiq kirish va CC BY 4.0 litsenziyasi, Zenodo orqali arxivlash, mualliflar va taqrizchilar uchun yozma yoʻriqnomalar, manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish tartibi.

Muhim izoh. Jurnal OAK ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritilmagan va ISSN hali berilmagan. Bu maydonlar rasmiylashtirilgach, pasport yangilanadi. Jurnal oʻzini OAK aʼzosi yoki ISSN egasi deb koʻrsatmaydi.

Foydali havolalar